«gulnora karimova» tegli maqolalar


Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimovaga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi
29 sentabr 2023, 12:22

Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimovaga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi

Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimova va uning sherigiga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi. Ular jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pul yuvish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Prokuratura 483 mln dollarlik aktivlarni musodara qilish bo‘yicha ham so‘rov kiritgan.

Gulnora Karimovaning qaytarilgan aktivlari O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga sarflanadi
18 sentabr 2023, 17:50

Gulnora Karimovaning qaytarilgan aktivlari O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga sarflanadi

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara qilingan aktivlarini qaytarish uchun tuzilgan Uzbekistan Vision 2030 jamg‘armasi BMTning yangi loyihasini moliyalashtirish uchun 43,5 mln dollar ajratdi. U O‘zbekistonda oldini olish mumkin bo‘lgan onalar va chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga qaratilgan.

Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 mln funt sterlingdan ortiq qiymatdagi mulkini musodara qildi
9 avgust 2023, 09:30

Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 mln funt sterlingdan ortiq qiymatdagi mulkini musodara qildi

Britaniya hukumati Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan ikkita kvartira va uyni musodara qildi. Ta’kidlanishicha, ular O‘zbekistondagi korrupsion faoliyatdan olingan daromadlar evaziga sotib olingan. Mulklarning umumiy qiymati 20 mln funt sterlingdan ortiqqa baholanmoqda.

«Sud hali yakuniga yetmadi». Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani haqida
13 sentabr 2022, 16:36

«Sud hali yakuniga yetmadi». Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani haqida

Adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani va $303 mlnlik mablag‘ni qaytarib olishi mumkinligiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud hali yakuniga yetmadi va O‘zbekiston tomoni Shveysariya organlari bilan tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Gulnora Karimovaning $1,4 mlrd aktiviga 1400 ta maktab qursa bo‘ladi — adliya vaziri o‘rinborsari
13 sentabr 2022, 12:10

Gulnora Karimovaning $1,4 mlrd aktiviga 1400 ta maktab qursa bo‘ladi — adliya vaziri o‘rinborsari

Shveysariya sudi Gulnora Karimova va uning jinoiy sheriklarining $336 mln mablag‘larini musodara qildi. Qo‘shimcha $350 mln mablag‘larni musodara qilish masalasi ko‘rilmoqda. Boshqa davlatlardagi aktivlarning umumiy hajmi 14,3‬ trln so‘mga teng. Bu mablag‘larga 1400 tadan ortiq maktab qursa bo‘ladi.

Gulnora Karimovaning aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi
16 avgust 2022, 16:22

Gulnora Karimovaning aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi

O‘zbekiston va Shveysariya 16 avgust kuni Gulnora Karimovaning aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitimni imzoladi. $131 mlnga (taxminan 1,4 trln so‘m) teng aktivlar O‘zbekistonga BMTning «Uzbekistan Vision 2030» ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytarilishi kutilmoqda.

Gulnora Karimovaning advokatlari Shveysariyadagi sudda g‘alaba qozonishdi
23 iyul 2022, 16:30

Gulnora Karimovaning advokatlari Shveysariyadagi sudda g‘alaba qozonishdi

Shveysariya apellyatsiya sudi Gulnora Karimovaga qo‘yilgan pora olish bo‘yicha ayblov yuzasidan uning advokatlari kiritgan shikoyatni qisman qanoatlantirdi. Mazkur sud qarori unga muzlatib qo‘yilgan 303 mln dollar mablag‘ni qaytarib olishga yordam berishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg Law.

Gulnora Karimova bilan bog‘liq Gongkongdagi pentxaus $68,4 mlnga qayta sotilgan bo‘lishi mumkin
30 iyun 2022, 21:09

Gulnora Karimova bilan bog‘liq Gongkongdagi pentxaus $68,4 mlnga qayta sotilgan bo‘lishi mumkin

Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinayotgan hashamatli ko‘chmas mulk u qamoqdalik vaqtida 68,4 mln dollarga qayta sotilgan bo‘lishi mumkin, deya xabar qildi Kanadaning The Globe and Mail nashri.

Gulnora Karimovaning xorijdagi aktivlarini qaytarish uchun trast jamg‘arma tashkil etiladi
15 fevral 2022, 10:25

Gulnora Karimovaning xorijdagi aktivlarini qaytarish uchun trast jamg‘arma tashkil etiladi

Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi doirasida musodara qilingan aktivlarni qaytarish uchun BMTning ko‘ptomonlama trast jamg‘armasi tashkil etiladi. Adliya vazirligi mablag‘lar O‘zbekiston aholisi farovonligini yaxshilash uchun ijtimoiy sohaga sarflanishini ma’lum qildi. Shuningdek, Fransiyadan yana 10 mln dollar qaytarildi, qolaversa, 131 mln dollarlik aktivlar O‘zbekistonga qaytarilishga tayyor.

Gulnora Karimovaga Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan $70 mlnlik aktivlari qaytarib beriladi
24 dekabr 2021, 10:36

Gulnora Karimovaga Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan $70 mlnlik aktivlari qaytarib beriladi

Shveysariyaning federal jinoyat sudi Gulnora Karimova benefitsiari bo‘lgan Takilant kompaniyasining muzlatilgan 350 mln dollar ko‘proq mablag‘ning 293 mln dollarini musodara qildi. Taxminan 70 mln dollar esa jinoyat natijasiga qo‘lga kiritilgani aniqlanmagani uchun kompaniyaga qaytariladi. Shu bilan sud Karimova bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida yana bir bobni yopdi. Adliya vazirligi 293 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarishga umid qilmoqda.

«Men u bilan ko‘rishganimda hammasi yaxshi edi». Ombudsman — Gulnora Karimovaning ahvoli haqida
8 oktabr 2021, 20:27

«Men u bilan ko‘rishganimda hammasi yaxshi edi». Ombudsman — Gulnora Karimovaning ahvoli haqida

Gulnora Karimovaning advokati sentabr oyi o‘rtalarida mijozi bilan uchrashuvda uning qo‘lida ko‘karishlarni ko‘rganini xabar qilgan edi. Ombudsman Feruza Eshmatova koloniyada ko‘rishganida birinchi prezidentning qizi bilan hammasi yaxshi bo‘lganini va qaytadan monitoring o‘tkazilishini aytdi. U shuningdek, qamoqxonalarda qisqa muddatli uchrashuvlar qayta tiklanganini ham ma’lum qildi.

Komil Allamjonov — Saida Mirziyoyeva va Gulnora Karimovani taqqoslash haqida fikr bildirdi
7 iyul 2021, 20:09

Komil Allamjonov — Saida Mirziyoyeva va Gulnora Karimovani taqqoslash haqida fikr bildirdi

Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevaning ba’zi tashabbuslarini Gulnora Karimovaning g‘oyalari va loyihalari bilan taqqoslash haqida fikr bildirdi. «U paytdagi xatolar bizga ko‘proq bu yo‘lda xato qilishimizga yoki ularning qilgan xatoliklari bizga bir ko‘rgazma, aslida. Biz shu xatolarni qilsak, loyihalarni shunday xatolik bilan qilsak qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rganmiz. Bu bizga saboq», — deya qo‘shimcha qiladi u.

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi suratlari e’lon qilindi
2 aprel 2021, 12:29

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi suratlari e’lon qilindi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi suratlarini taqdim qildi. Maskan ommaviy savdolar orqali sotuvga qo‘yilgan.

Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan 350 mln dollarlik aktivlarini qaytarib olishi mumkin
4 dekabr 2020, 18:30

Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan 350 mln dollarlik aktivlarini qaytarib olishi mumkin

Shveysariyaning federal apellyatsiya sudi Gulnora Karimovaning Takilant Ltd. kompaniyasi qonuniy benefitsiari ekani to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqadi. 2018 yilgi ushbu kompaniyaga tegishli 350 mln dollar muzlatilgan edi. Endi, Karimovaning vakillari ushbu muzlatilgan aktivlarni qaytarib olishi mumkin. “Bu Gulnora Karimova uchun muhim g‘alaba”, — dedi uning advokati Gregori Manja.

O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova mablag‘larini qaytarish shartlarini kelishishdi
14 sentabr 2020, 10:30

O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova mablag‘larini qaytarish shartlarini kelishishdi

O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova hisoblaridan musodara qilingan pul mablag‘larini qaytarish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Mablag‘lar «xalq hayotini yaxshilashga sarflanishi», jarayon esa shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida tashkil etilishi lozim.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting